Ish vaqti: DU-JU 09:00 dan 18:00 gacha

Muqimiy va Rustaveli ko`chalaridagi yo`l o`tkazgich qachon foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi

Muqimiy va Rustaveli ko`chalaridagi yo`l o`tkazgich qachon foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi

 

Qurilish ishlari may oyida boshlagan Toshkentning Muqimiy va Shota Rustaveli ko`chalari kesishmasidagi avtomobil yo`l o`tkazgichi shu kabi sun`iy inshootlar ichida birinchisi bo`ladi

150 daraja radiusli yoysimon shaklga ega noyob ob`ekt har bir ko`cha markazidagi tayanch konstruksiyalar bo`ylab joylashgan, deb xabar beradi “Gazeta.uz” “O`zbekiston temir yo`llari” AJ axborot xizmati ma`lumotlariga asoslanib.

Muqimiy va Bobur ko`chalarini bog`lovchi yo`l o`tkazgichning umumiy uzunligi 1 kilometrga yaqinroqni tashkil etadi.

Bu erda piyodalar uchun o`tgan yili Hadra maydonida qurilgani kabi er usti o`tish yo`li barpo etilib, lift va eskalatorlar bilan ta`minlanadi.

Temiryo`lchilar ishtirokida yana bir ob`ekt — Oqtepa maydonida transport bog`lamasi bunyod etilmoqda.

 

Bu erda Bo`rjar anhori orqali suv o`tkazuvchi quvur qurilib, mazkur beton konstruksiya bo`ylab avtomobil yo`li o`tadi. Anhordan o`tuvchi ko`prik ham kengaytirilmoqda.

Qurilayotgan ikkita er usti piyodalar yo`lagi loyihasida lift va eskalatorlarning bo`lishi ko`zda tutilgan.

Loyiha doirasida o`tkazish qismlarini kengaytirish bilan bog`liq ta`mir ishlari Nurafshon ko`chasida ham olib borilmoqda. Bunyodkorlik ishlari muqaddam tramvay yo`li yotqizilgan ko`chalar — Oqtepa maydonidan Muqimiy ko`chasi bo`ylab, so`ngra Shota Rustaveli va Qushbegi ko`chasidan Kichik halqa yo`li bilan Shimoliy vokzal orqali Taraqqiyot ko`chasiga qadar olib borilmoqda.

Barcha ob`ektlardagi qurilish va rekonstruksiya ishlari sentyabr oyiga qadar yakunlanadi.

 

 

Sergeli tumanida 6 metro bekati va 500 yangi turar joy binolari bunyod etiladi

Toshkentning Sergeli tumanida 6ta metro bekati va 500 yangi turar joy binolari quriladi. Toshkent shahar hokimligida bo’lib o’tgan matbuot anjumanida Sergeli tumani hokimi Furqat Maqsudxo’jayev shu haqida ma`lum qildi.

25 sentabr kuni O’zbekiston Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh.M.Mirziyoyev Sergeli tumaniga tashrif buyurib, tuman hokimligi oldiga bir qator vazifalar yuklagandi. Yangi ko’p qavatli turar joy binolari, metro va 12 chiziqli avtoyo’l qurilishi shular jumlasidandir. Ushbu masalalar yuzasidan Sergeli tumani hokimi F.I.Maqsudxo’jayev jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Tuman hokimining so’zlariga ko’ra, bugungi kunda mazkur topshiriqlar ijrosi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ko’p qavatli turar joy binolari qurilishiga start berilgan. Sergeli tumani bo’ylab umumiy hisobda 500 yangi turar joy binolari barpo etiladi. Qurilish ishlarini 4 yilda nihoyasiga yetkazish rejalashtirilgan.

Jurnalistning Sputnik massividagi yog’och uylarning taqdiri haqidagi savoliga hokim quyidagicha javob berdi: «Mazkur yog’och, boshqacha qilib aytganda fin uylarining qurilganiga 50 yildan oshdi, shunga qaramay bu yerda hanuz odamlar istiqomat qiladi. Shu bois, bu uylarning o’rniga yangi 9 qavatli turar joy binolari qurishga qaror qilindi. Bugungi kunga kelib, bu yerda 421ta yog’och uy mavjud. Hozirda bu uylarning qurilish loyihalari nihoyasiga yetkazilmoqda, endi ularni amalga oshirishgina qoldi. Fursatdan foydalanib, Sergeli tumani aholisiga shuni ma`lum qilamanki, hech kim uysiz qolmaydi, hamma qonun doirasida turar joy bilan ta`minlanadi».

Sergeli tumanida qurilajak metro yo’liga keladigan bo’lsak, manbaga ko’ra, uzunligi 8 kilometrni tashkil qiluvchi metro yer sathidan 6 metr balandlikda barpo etiladi. Ular Sergelining Sputnik dahasidan «Olmazor» metro bekatigacha bo’lgan oraliqda joylashadi.

Uning qurilishi 2020 yilga qadar davom etadi. Hokimning so’zlariga ko’ra, metro juda zamonaviy usulda quriladi, bunday zamonaviy yer usti metrosi MDH davlatlarining birortasida yo’q.

Предыдущий Muqimiy va Rustaveli ko`chalaridagi yo`l o`tkazgich qachon foydalanishga topshirilishi ma`lum bo`ldi

Оставьте свой комментарий

Inspeksiya qurilish va shaharsozlik sohasida davlat nazoratini amalga oshiradi (yo‘l qurilishi obyektlari va hududiy nazorat inspeksiyasidan ro‘yxatdan o‘tmagan obyektlar bundan mustasno).

Navigatsiya

Sayt tuzuvchi MXMEDIA